Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan “Meykin Osiyo” xalqaro musiqa festivalida Osiyo va Yevropaning eng yaxshi ijrochilari ishtirok etadi. Shuningdek, unda Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya kabi davlatlarning estrada yulduzlari mehmon bo‘ladi, deb xabar beradi “Knews.kg”.
“Musiqa festivalining maqsadi Qirg‘iziston madaniyatini yanada oshirish va uni butun dunyoga ko‘rsatishdan iborat. Festivalning saviyasini ko‘tarish uchun ishtirokchilarni o‘zimiz tanladik”, — deydi madaniyat ishlari bo‘yicha vazir Oltinbek Maqsudov.
Festivalda 17 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan, san’at sohasiga endi kirib kelgan yosh ijodkorlar, shuningdek, xalqaro tanlov laureatlari ham ishtirok etishi mumkin. Qatnashchilarni munosib baholash uchun san’at va madaniyat arboblaridan iborat xalqaro hakamlar hay’ati tashkil etiladi.
Izoh (0)