Fransiyalik boshpanasiz va ishsiz sobiq harbiy Parij metrosida yopishtirib ketgan ma’lumotnomasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgach, ishga kirish uchun suhbatga taklif qilindi. Bu haqda “20minutes.fr” portaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Twitter ijtimoiy tarmog‘ining ikki mingdan ziyod foydalanuvchisi Lionel Ajege Parij metrosida qoldirgan rezyume fotosuratini o‘zaro bo‘lishgan. Facebook foydalanuvchilari ham uning ish topish masalasida ko‘mak berish haqidagi iltimosi o‘z egasini topishida faol yordam bergan.
Bu sa’y-harakatlar natijasida Fransiya harbiy havo kuchlarining sobiq zobiti harbiy sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga suhbatdan o‘tish uchun taklif etildi. “Internetga kirishga imkoniyatim yo‘q, u yerda men haqimda nima yozishganini ham bilmayman, — deydi Ajege. — Men faqat ish qidirayotganligim to‘g‘risidagi ma’lumot yaxshi odamlarning qo‘liga tushishidan umidvor edim”.
Izoh (0)