Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xitoyning Zhuoda Group kompaniyasi 3D-printerda chop etilgan modullar asosida ikki qavatli uy qurdi. “Popmech.ru” xabariga ko‘ra, mazkur bino 9,0 magnitudali zilzilaga ham chidamli.

Foto: “Popmech.ru”

Foto: “Popmech.ru”

Uy 3D-printerda chop etilgan olti paneldan iborat — mazkur panellar qurilish maydoniga olib kelinib, kran yordamida mehmonxona, yotoqxona, oshxona va vannaxonadan iborat yagona konstruksiyaga aylantirildi. Binoni “qurish” uchun atigi uch soat vaqt sarflandi.

Xitoyliklarning so‘zlariga ko‘ra, umumiy maydoni 500 kvadrat metr bo‘lgan to‘laqonli uyni birgina 3D-printer yordamida chop etib, 15 kunda yig‘ib, bitkazish mumkin. Muhandislarning hisob-kitobiga ko‘ra, mazkur konstruksiya har qanday ob-havo sharoitida kamida 150 yil xizmat ko‘rsata oladi.

Modullarni chop etishda foydalanilgan xomashyolar ro‘yxati oshkor etilmayapti — ro‘yxatda sement yo‘qligi ma’lum, xolos. Konstruksiya uchun 22 dan ortiq patent olingan. Uy tomi olovga chidamli va suv o‘tkazmas materialdan tayyorlangan, ichki pardoz elementlari ham qisman 3D-printerda chiqarilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi