KXDR hukumati mamlakatda kuzatilayotgan kuchli jazirama tufayli ish kuni boshlanishi ertlabki soat 5:00 ga ko‘chirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Pxenyandagi barcha markaziy muassasalarga va mamlakatdagi barcha maktablarga alohida yozgi ish jadvaliga o‘tish topshirilgan. Shu tufayli ish kuni odatdagidek 8:00 da emas, 5:00 da boshlanib, 13:00 da tugaydi.
KXDR fuqarolaridan ishga quyosh chiqmasidan kelib, quyosh eng faol nuqtasiga yetishidan oldin ishni tugatish talab etiladi. Qayd etilishicha, o‘zgarish tufayli maktablarda davomat ikki baravarga tushib ketgan, chunki ko‘plab bolalar bunchalik erta tura olmaydi va darslarni qoldirishiga to‘g‘ri keladi. Davlat muassasalarining tush vaqtidan boshlab yopilishi ham aholi orasida noroziliklarga sabab bo‘lgani aytilgan.
Izoh (0)