Italiyaning Kontrone aholi punkti meri Nikola Pastore tushlikdan keyingi dam olish vaqtida itlarga hurishni taqiqlash to‘g‘risida buyruq chiqardi, deb xabar bermoqda Meduza.
Kontrone aholisiga dam olishga xalal bergan jonivor xo‘jayini 20 yevrodan 500 yevrogacha bo‘lgan miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, itlar nafaqat 14:00 va 16:00 orasida, balki tunda ham tinch yurishi lozim.
Ma’lumot uchun Kontrone Italiya janubidagi Kontrone viloyatida joylashgan bo‘lib, aholisi 873 kishini tashkil etadi. Shaharchadagi itlar soni haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)