Turkiyaning Shanliurfa viloyati Suruch shahar sudi terrorchilik harakati sodir etilgan joyning suratlari va videomateriallarini chop etishni taqiqladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Eslatib o‘tamiz, 20-iyul, dushanba kuni Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh Suruch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati natijasida 32 kishi halok bo‘lgan, yuzdan ortiq kishilar yaralangan edi. Xudkush bombani Amara madaniyat markazi oldidagi kafening kirish qismida portlatib yuborgan. Portlash markaz hududida yashayotgan turkiyalik kurdlarga qarshi qaratilgan bo‘lib, ular Suriyaga IShID jangarilari bilan kurashish uchun jo‘nab ketishni kutayotgan edi.
Sud qaroriga asosan, fojia haqidagi barcha matnli va ovozli xabarlardan surat va videolar olib tashlanishi lozim. Avval ushbu materiallar kiritilgan sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalari yopib qo‘yiladi.
Izoh (0)