19-iyul, yakshanba kuni 2011 UW-158 asteroidi yerga maksimal yaqin masofada uchib o‘tdi, deb xabar beradi “Koresspondent.net”. Hodisa asteroidning tarkibi tufayli ko‘plab qiziqishlarga sabab bo‘ldi.
Astronomlarning aniqlashicha, ushbu samoviy jism yadrosi,5,4 trillion dollar qiymatga ega bo‘lgan, yuz million tonnaga yaqin platina va boshqa qimmatbaho minerallardan tarkib topgan.
Diametri bir kilometrdan kamroq bo‘lgan asteroid Yerdan 2,4 million kilometr masofada uchib o‘tdi. Bu Yerdan oygacha bo‘lgan masofadan olti marta uzoqroqdir.
Izoh (0)