Mercedes-Benz kompaniyasi Remote Parking Pilot avtomatik parkovka tizimi ishini ko‘rsatuvchi videorolikni namoyish etdi. Kelgusi yilda sotuvga chiqadigan E-Class oilasiga mansub avtomobillar ushbu texnologiya bilan jihozlanadi. Bu haqda “Motor.ru” xabar bermoqda.
Kompaniyada yangi tizim mashinaning cheklangan hududda parkovka qilishi uchun zarurligi, chunki u salondagi kishi ishtirokisiz ham amalga oshirilishi mumkinligini ta’kidlashdi. Haydovchi mobil dastur yordamida mashina qo‘yish joyida o‘ziga kerakli o‘rinni tanlashi, shundan so‘ng ekranda qo‘lini doira bo‘ylab aylantirish yo‘li bilan mashinaning kerakli joygacha harakatlanishini nazorat qilishi lozim. Mashina qo‘yish joyini tark etish ham shunday amalga oshiriladi.
Shuningdek, ushbu gadjet yordamida eshiklarni ochish-yopish, dvigatelni ishga tushirish mumkin. Smartfonning avtomobil bilan aloqasi Bluetooth-protokol orqali amalga oshiriladi, shu sabab haydovchi mashinadan uch metr nariga ketmasligi kerak.
https://youtu.be/k_o-H1j4zZs
Izoh (0)