Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

BAAda diniy toqatsizlik va tahqirlashga qarshi kurashga qaratilgan qonun qabul qilindi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, qonun mazkur jinoyatlar uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish va 1 million dirham (272 ming dollar) miqdorida jarima jazolarini qo‘llashni nazarda tutadi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Qonun Xudo, dinlar va payg‘ambarlarni haqorat qilish, muqaddas kitoblar va ziyoratgohlarni bulg‘ash, shuningdek, odamlarni ularning dini, e’tiqodi, irqi, diniy yoki milliy mansubligiga asoslanib tahqirlashni taqiqlaydi.

Toqatsizlikka sabab bo‘ladigan yoki tahqirlashning turli ko‘rinishlarini targ‘ib etadigan OAV yoki axborot tarmoqlaridagi istalgan chiqish, bayonot jinoyat deb hisoblanadi.

Xususan, qonun diniy e’tiqodidan kelib chiqqan holda boshqa odamlarni “kofir” deb atagan shaxslarga nisbatan vaqtinchalik qamoq jazosini qo‘llashni nazarda tutadi. Mazkur holat qotillikka qasd qilish bilan birga yuz berib, jinoyatga sabab bo‘lsa, u holda oliy jazo — o‘lim jazosi qo‘llaniladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysida suv ta’minotini yaxshilashga oid taqdimot bilan tanishdi (foto)
Madaniyat
Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto)
Mahalliy
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi