Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Barak Obama telefondagi muloqot chog‘ida Rossiya – Amerika muzokaralarining dunyoda xavfsizlikni ta’minlashdagi rolini muhokama qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Shuningdek, ular Rossiya – Amerika munosabatlarida muhim sana hisoblangan “Soyuz-Apollon” parvozining 40 yilligi bilan bir-birini tabrikladi.
Davlat rahbarlari Tehron yadro dasturi bo‘yicha yuzaga kelgan vaziyatni tartibga solish maqsadida o‘tkazilgan muzokaralarga yuqori baho berdi.
Izoh (0)