O‘tkir hissiyotlarni xohlovchi sayohatchilar Peruning And tog‘larida, yerdan 122 metr balandlikda qurilgan kichik mehmonxonada hech bo‘lmasa bir kecha tunashi lozim. Polikorbonat va alyuminiydan yasalgan bu kapsulalardan o‘zining maftunkor manzarasi bilan mashhur bo‘lgan Muqaddas Vodiyni ko‘rish mumkin. Bu haqda “Adme.ru” xabar beradi.
Bunday kapsulalardan biriga chiqish uchun vertikal temir narvondan yuqoriga ko‘tarilish yoki kanat yo‘lidan tushishga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)