Milliarder Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqining qarzidan voz kechdi, deb xabar beradi Meduza. Tadbirkor futbol bo‘yicha Rossiya termasi murabbiyi Fabio Kapello oldidagi qarzdorlikni qoplash uchun ajratgan 700 million rublni qaytarishni talab qilmasligini ma’lum qildi.
“Bu Rossiya futbol ittifoqining o‘z ishlarini to‘g‘rilab olishi va jahon chempionatiga tayyorgarlikni ta’minlashi uchun mendan yordam bo‘ladi”, — deydi u.
Usmonov shuningdek, sport vaziri undan Rossiya futbol ittifoqi uchun moliyaviy yordam so‘raganligi haqida so‘zlab berdi.
Izoh (0)