Britaniya taxtining ikkinchi merosxo‘ri shahzoda Uilyam 13-iyul, dushanba kuni tez yordam vertolyoti uchuvchisi sifatidagi yangi ishini boshladi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Qirolicha Yelizaveta II ning nabirasi avvalroq Sharqiy Angliyada shoshilinch tibbiy yordam vertolyotlari faoliyati uchun javob beruvchi kompaniyaga qabul qilingan edi.
“Bu mening birinchi ish kunim bo‘lganligi uchun menda biroz hayajon bor. Biz ishni Kembridj maydonida boshlamoqchimiz. Men yaxshi yigit bo‘lishga va qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilaman”, — deydi Uilyam.
Izoh (0)