Rafael Mantessoning xotini uni 30 yoshga kirgan kuni tark etdi. U o‘zi bilan barcha narsalarni: oshxona jihozlari, mebel, rasmlar va taqinchoqlarini olib ketdi. Rafaelga esa faqat Jimmi Chou laqabli itini qoldirdi. Bu haqda “Adme.ru” xabar beradi.
“Bo‘m-bo‘sh uyda xursand bo‘lib yugurayotgan eng yaqin do‘stim Jimmi meni ilhomlantirdi. Men uni suratga ola boshladim va u uyning oppoq devorlari yoniga borganda marker bilan uning atrofida yangi dunyoni chizib qo‘ydim. Shu on o‘zimda rasm chizishga bo‘lgan ishtiyoqni his qildim”, — deydi Rafael.Natijada yigit turli syujetlarga ega bo‘lgan bir qator rasmlarni yaratdi. Hozirda ushbu juftlikning instagramda 200 mingdan ortiq muxlisi bor, oktabr oyida esa Jimmining eng yaxshi suratlari bo‘lgan kitob chiqariladi.
Izoh (0)