Turkish Airlines samolyoti portlash tahdidi sababli Hindistonning poytaxti Nyu-Dehlida kutilmaganda qo’ndi, deb xabar beradi “RBC”.
Manbalarning ma’lum qilishicha, samolyot Istanbul —Bangkok yo’nalishi bo’yicha uchayotgan edi. Unda 148 nafar yo’lovchi bo’lgan. Indira Gandi aeroportida samolyotni Hindistonning milliy xavfsizlik gvardiyasi va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari kutib oldi.
Hozirda samolyot maxsus ajratilgan to‘xtash joyida bo‘lib, unda hech qanday portlovchi modda topilmadi. Yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi.
Izoh (0)