Yaponiyaning mudofaa kuchlari xodimi o‘tgan oqshomda o‘z uyini qasddan yoqib yuborganlikda gumon qilinib, hibsga olindi. Uydagi sakkiz nafar boladan to‘rt nafari tiriklayin yonib ketdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Kitsuki shahridagi ikki qavatli yog‘och uy yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi yonib ketdi. Ushbu uyda o‘n kishidan iborat oila yashab kelgan. Oilaning uch yoshdan 17 yoshacha bo‘lgan sakkiz nafar farzandi bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirishning iloji bo‘lmadi, ota-ona kichik qizi bilan yonayotgan uydan qutulib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, biroq ularning to‘rt nafar bolasi yonib ketdi.
6-iyul, dushanba kuni politsiya 40 yoshli oila boshlig‘ini hibsga oldi. Dengiz mudofaa kuchlari leytenanti Kenitiro Suemune o‘z aybini tan oldi. Politsiya hodisa sabablarini aniqlamoqda.
Izoh (0)