Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Masjid al Harom o‘qituvchilar qo‘mitasi a’zosi shayx doktor Hasan ibn Abdulhamid al Buxoriyning Ramazon oyida Masjid al Haromda taroveh namozlarini ado etuvchilarning imomi sifatidagi ishtirokini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonidagi o‘zbeklar jamoasining taniqli vakili bo‘lgan Buxoriy bir qancha tadqiqotlar va ilmiy kitoblar muallifi hisoblanadi. 2010—2011-yillarda Senegal, Gambiya va Nigeriyada arab tilidan dars bergan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 50 mingga yaqin etnik o‘zbeklar istiqomat qiladi.
Masjid al Harom dunyodagi eng katta masjid bo‘lib, Makka shahrida joylashgan va Ka’bani o‘rab olgan. 300 ming metr kvadratdan ortiq hududni egallagan masjid 900 minggacha kishini sig‘dira oladi.
Izoh (0)