2016-yilgi AQSh prezidentligi saylovi uchun o‘z nomzodini ilgari surayotgan sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Xitoyni tijoriy sirlarni va katta hajmdagi hukumat ma’lumotlarini o‘g‘irlashda va “AQShda qimirlamaydigan barcha narsalarni buzishga” urinishda aybladi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy AQShning harbiy pudratchilaridan ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinmoqda.
Klinton Xitoyning “tinch ko‘tarilishini” istashini ma’lum qilgan. Biroq uning fikricha, Xitoyning harbiy qudrati oshayotgani AQSh bilan shartnomalarga ega davlatlarga tahdid solmoqda.
Izoh (0)