2001-yil 11-sentabr kuni Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazida sodir etilgan teraktdan keyin odamlarni qutqarishda qatnashgan o‘t o‘chiruvchi Karmelo Merkado lotereyada 5 million dollar yutib oldi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Merkadoning tan olishicha, Nyu-York chekkkasidagi oddiy do‘kondan sotib olingan chiptasida yutuqli raqamlarni ko‘rgach hayratga tushgan. U yutgan pullariga Floridada yozgi uy sotib olishni va oilasiga sovg‘alar berishni rejalashtirganini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, Merkadoning soliqlardan keyin qo‘lga kiritadigan yutug‘i 3,3 million dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)