Xitoyda tezkor avtotrassadagi ko‘prikdan avtobusning qulashi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, yana 17 kishi jabrlandi. Bu haqda mahalliy ma’murlar ma’lumoti asosida “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avtohalokat 1-iyul, chorshanba kuni Xitoy shimoli-sharqidagi Szian shahrida ro‘y berdi. Shimoliy Koreya bilan chegaradagi Dandun shahriga yo‘l olgan avtobusda janubiy koreyalik 26 kishi bo‘lgan, ulardan 10 nafari hayotdan ko‘z yumdi.
Avtobus oltita transport vositasidan iborat va 140 nafar janubiy koreyalik amaldorlarni tashiyotgan avtokarvon tarkibida bo‘lgan. Ular Xitoyning Ikkinchi jahon urushi yillarida yaponlarga qarshi kurash bilan bog‘liq diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rish niyatida edi.
Izoh (0)