AQShning Van Meter shahri rahbariyati aholiga bosh sovrini shahar kengashi vakili Bob Leysi yoki meri Jeyk Andersonni politsiya elektroshokeri yordamida urish bo‘lgan lotereya taklif qildi, deb xabar bermoqda Des Moines Register.
Lotereyada ishitirok etish uchun besh dollarlik chipta sotib olish lozim. G‘olib 18-iyul kuni aniqlanadi. Lotereya chiptalarini sotish jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash uchun mablag‘ to‘plash kampaniyasining bir qismi hisobalanadi. Jumladan, pullar yana bir politsiya avtomobili va tezlik radarlari sotib olishga ishlatiladi.
Andersonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu g‘oya uning huquq muhofazachilari bilan moliyalashtirish mavzusidagi uchrashuvi chog‘ida paydo bo‘lgan. U avval elektroshoker zarbasini “tatib” ko‘rmaganini tan olgan va bu og‘riqli bo‘ladi deb hisoblashini ma’lum qilgan.
Izoh (0)