Qozog‘istonning Chimkent shahrida go‘yoki odamlarni garovga olgan va aybsiz kishilarni qamoqdan ozod qilish hamda samolyot talab qilgan erkak qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Knews.kg”.
Uni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya bir yarim soat davom etib, unga Janubiy Qozog‘iston viloyati IIB rahbari, general Askar Ospanov boshchilik qildi. Ma’lum bo‘lishicha, 23:30 da Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Janubiy Qozog‘iston viloyati bo‘limining navbatchilik qismiga noma’lum erkak qo‘ng‘iroq qilgan. U Chimkentdagi besh qavatli uyda bir necha kishini garovga olganligini, portovchi moslama o‘rnatganini aytib, manzilni ma’lum qildi hamda qo‘mita bo‘limining xodimi bilan muzokara olib borishni talab qildi. Shuningdek u 100 ming dollar naqd pul, hisobiga 200 million tenge, Il-62 samolyotini va go‘yoki noqonuniy hukm qilingan uch kishini qamoqdan ozod qilishni talab qildi.
Mobil telefoni orqali uning shaxsi aniqlandi. U bir jinoyat ishi bo‘yicha guvoh sifatida qatnashayotgan, 1963-yilda tug‘ilgan mahalliy tadbirkor bo‘lib chiqdi.
Voqea joyiga yetib borgan huquqni muhofaza qilish organi, maxsus xizmat, Favqulodda vaziyatlar departamenti va “Arlan” MXB tezkor guruhi xodimlari tomonidan tadbirkor qo‘lga olindi. Unga nisbatan QR JK “Terrorchilik harakati to‘g‘risida yolg‘on xabar berish” haqidagi 273-moddasi bo‘yicha tergov harakatlari boshlandi.
Izoh (0)