Indoneziyada mehmonxonaga qulab tushgan samolyot bortida 113 kishi bo‘lgan. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Bunday halokat natijasida samolyot bortida bo‘lganlardan birontasining tirik qolish imkoni yo‘qligi qayd etilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mehmonxona va qo‘shni uylarda qurbon bo‘lganlar soni 45 kishini tashkil etadi.
Samolyotning qulashiga dvigateldagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Oldinroq samolyot halokati natijasida vafot etganlar soni 38 kishiga yetgani xabar qilingandi.
Izoh (0)