Pokiston janubidagi Sind viloyatida jazirama qurbonlari soni 1,3 ming nafardan oshdi. O‘tgan sutka davomida yana 30 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Mahalliy hukumat bergan ma’lumotlarga qaraganda, jaziramadan jami 1334 kishi vafot etib, shulardan 1234 nafari Sind viloyatining ma’muriy markazi hisoblangan Karachida halok bo‘ldi. Yana 10 mingga yaqin kishi quyosh urishi natijasida kasalxonaga yotqizildi.
Pokistonda jazirama 19-iyun, juma kunidan buyon kuzatilmoqda. 20-iyun kuni Karachida yilning eng issiq kuni qayd etilib, havo harorati 45 darajagacha ko‘tarildi.
Hozirgi paytda havo harorati 40 daraja atrofida saqlanmoqda.
Izoh (0)