Quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 samolyoti Yaponiyaning Nagoya shahridan Gavayiga uchdi, parvoz besh kun davom etadi deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Shu tariqa noqulay ob-havo tufayli Nagoyaga qo‘nishga majbur bo‘lgan Solar Impulse 2 dunyo bo‘ylab sayohatini davom ettirdi. Samolyot Tinch okeanidan uchib o‘tishi uchun quyoshli ob-havo barqaror bo‘lishi kerak edi.
Solar Impulse 2 samolyoti 28-iyun kuni Toshkent vaqti bo‘yicha 23:00 da Nagoyadan parvoz qildi.
Eslatib o‘tamiz, Shveysariyaning quyosh batareyalarida ishlovchi Solar Impulse 2 samolyoti 30-may kuni Xitoyning Nankin shahrida start olgan edi.
Solar Impulse 2 o‘tgan yilning aprelida taqdim etilgan, iyunida esa sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan edi. Uning qanotlari qulochi 72 metr, og‘irligi 2,3 tonnaga teng. Samolyot qanoti 17,2 mingta quyosh batareyalari bilan qoplangan. Samolyotning maksimal tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil etadi.
Izoh (0)