O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20-iyundagi qarori bilan Ukrainadan import qilinadigan mahsulotlarga qo‘shimcha yig‘im joriy qilindi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Ushbu qaror Ukraina tomonidan “1994-yilgi Tariflar va savdo bo‘yicha bosh shartnomaning XII moddasiga binoan Ukraina to‘lov balansini barqarorlashtirish choralari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishiga javob chorasi hisoblanadi.
1-iyuldan 12 oy muddatga Ukrainadan import qilinadigan mahsulotlarga O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari bo‘yicha 1−24 guruhlarga 10 foiz, 25−97 guruhlarga 5 foiz miqdorida qo‘shimcha yig‘im o‘rnatiladi. Qo‘shimcha yig‘im olinmaydigan istisno holatlar ham mavjud.
Izoh (0)