Janubiy Koreyada Samsung Techwin firmasining 140 ga yaqin xodimi aksiyadorlar yig‘ilishini buzishga uringani uchun Sonnam shahrida politsiya tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hodisa kompaniya rahbariyati harbiy sanoat ishlanmalari bilan shug‘ullanuvchi ushbu firmani shu sohada faoliyat yurituvchi Hanwha Group korporatsiyasiga sotishga qaror qilgani tufayli sodir bo‘lgan.Namoyishchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, firma sotilishi haqida xodimlarga xabar qilinmagani va ulardan kechirim so‘ralmagani ularda norozilikka sabab bo‘lgan. Aksiyadorlar yig‘ilishida kompaniyaning yangi nomi Hanwha Techwin bo‘lishini tasdiqlash rejalashtirilgan.
Izoh (0)