Gretsiya rasmiylari 6-iyulgacha mamlakatning barcha banklari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish, naqd pul olishga cheklov qo‘yish va xorijga pul uzatishni taqiqlashga qaror qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Bunday choralar bank bozoridagi ehtimoliy sarosimaning oldini olish maqsadida ko‘rilgan. Hukumat bayonotida ta’kidlanishicha, naqd pul olishga qo‘yilgan cheklov xorijiy banklar tomonidan berilgan kartalarga amal qilmaydi.
Iyun oyi o‘rtalaridan buyon Gretsiya banklaridagi hisoblardan bir necha milliard yevro yechib olingan. 22-iyun kuni bankomatlardan bir kunda 3000 yevrodan ko‘p naqd pul olmaslik belgilangan, hozir bu cheklov 60 yevroga tushirildi.
Izoh (0)