Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) koronavirusi bilan zararlangan 46 yoshli ayol va 11 yoshli bola aniqlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ularning ikkalasi ham muhojirlar bo‘lib, ikkalasiga ham o‘tgan oyda kasallangan qarindoshidan koronavirus yuqqan. May oyida Abu-Dabida 65 yoshli xorijlik koronavirus bilan zararlangani aniqlangan bo‘lib, u iyun oyida vafot etgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan zararlanishning 1350 ta holati aniqlangan bo‘lib, ulardan 480 tasi o‘lim bilan yakunlangan. Abu-Dabi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi koronavirusni aholiga jiddiy tahdid deb hisoblamasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)