Amerikaning Xyuston shahri (Texas shtati) aeroportida 26-iyun, juma kuni kechqurun samolyotning tutay boshlashi tufayli undagi yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Yo‘lovchilarni samolyotga chiqarish jarayonida samolyotning orqa qismi tutay boshladi va kuyindi hidi paydo bo‘ldi. Samolyot Memfisga uchishi kerak edi.
Yo‘lovchilar belgilangan manzilga boshqa samolyotda uchib ketganligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)