Nyu-York shahrida “Amerikaning rus yoshlari” tashkiloti vakillari amerikaliklarning Rossiyaga oid dunyoqarashini kengaytirish maqsadida viktorina o‘tkazdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
To‘g‘ri javob topganlarga esdalik tariqasida prezident Vladimir Putin tasvirlangan futbolkalar, matryoshka va taqvimlar tarqatildi.
“Savollar juda oson: dunyodagi eng katta davlat qaysi? Qaysi davlat Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba uchun ko‘proq hissa qo‘shdi? Biroq ko‘pchilik shu kabi faktlarni ham bilmaydi”, — deydi tashkilot vakili Igor Kochan. Uning so‘zlariga qaraganda, amerikaliklar uchun Rossiyaning eng mashhur shaharlari bu – Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Stalingraddir.
Tayms-skverda bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir Rossiyada 27-iyun kuni nishonlanadigan Yoshlar kuniga bag‘ishlandi.
Izoh (0)