Badiiy gimnastika bo‘yicha Olimpiada chempioni Alina Kabayeva yana “Natsionalnaya Media Gruppa” direktorlar kengashini boshqaradi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Kabayeva ilk marta 2014-yil kuzida “Natsionalnaya Media Gruppa” xoldingi direktorlar kengashiga rais etib tayinlangan edi. Bungacha u “Natsionalnaya Media Gruppa” xoldingi jamoatchilik kengashini olti yil mobaynida boshqargan.
Mediaxolding bosh direktori etib Dmitriy Mansurov tayinlandi.
Izoh (0)