Burundidagi muxolifat partiyalari bir necha hafta davom etgan norozilik namoyishlari va ularda kuch ishlatilishi haqiqiy ovoz berishga yo‘l qo‘ymasligini aytib, oldindagi barcha saylovlarga boykot e’lon qilmoqchiligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Mamlakatda parlament saylovi 29-iyun, dushanba kuniga belgilangan bo‘lib, prezident saylovi esa 15-iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Prezident Pyer Nkurunziza 25-iyun kuni uchinchi muddatga saylanish uchun saylovoldi kampaniyasini e’lon qilgach, norozilik namoyishlari boshlanib ketgan.
Ikkinchi vitse-prezident Jerve Rufyikiri prezidentni saylovda qatnashishdan voz kechishga chaqirib, norozilik sifatida mamlakatni tark etganini va Belgiyadan boshpana topganini ma’lum qilgan. Hukumat uni may oyi boshida sodir etilgan harbiy to‘ntarishga urinishga aloqadorlikda ayblamoqda.
Izoh (0)