Xitoy Markaziy Osiyodagi yadrodan holi hudud to‘g‘risidagi shartnoma protokolini ratifikatsiya qildi. Bu haqda Xitoy TIV vakili Lu Kan navbatdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Review.uz”.
Butunxitoy xalq vakillari kengashining Doimiy qo‘mitasi joriy yilning aprel oyida protokolni ko‘rib chiqib, ratifikatsiya qilgan. XXR raisi Si Szinpin shu kunlarda ratifikatsiya to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan. Yaqin vaqt ichida hujjat diplomatik kanallar orqali Qirg‘izistonga taqdim etiladi.
Lu Kanning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomonidan ushbu shartnoma protokolining imzolanishi va ratifikatsiya qilinishi Xitoyning yadrodan holi hududlar masalalaridagi pozitsiyasining davomiyligini aks ettiradi.
Izoh (0)