Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroittifoqning iqtisodiy sanksiyalariga javob tariqasida qabul qilingan oziq-ovqat embargosi amal qilishini yana bir yilga uzaytirdi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Yaqinda YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar muddatini 2016-yil 31-yanvargacha uzaytirishga qaror qilgan va u 23-iyundan kuchga kirgan edi.
Kreml esa bir necha marta sanksiyalar masalasida “o‘zarolik tamoyili” amal qilishini ta’kidlagan edi. Sanksiya mahsulotlari ro‘yxati deyarli o‘zgarishsiz qoldi.
Izoh (0)