Yevroparlamentning fransiyalik deputati Yannik Jado AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenga siyosiy boshpana berish taklifini ilgari surdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Deputat Amerika maxsus xizmati Fransiya prezidentlarini kuzatganiga javoban bu ishni amalga oshirmoqchi.
Le Figaro gazetasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Jado “Siyosiy boshpanaga ehtiyoj sezayotgan Edvard Snoudenga pasport berish”ni talab qilgan. Jado yana Fransiya Snoudenni qabul qilsa, Amerika maxsus xizmatining sobiq vakili AQShning ayg‘oqchiliklari to‘g‘risida kengroq ma’lumot berishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.
Ma’lumot uchun, 23-iyun kuni Libération gazetasi va Mediapart sayti tomonidan WikiLeaks bilan hamkorlikda o‘tkazilgan jurnalist tekshiruvi natijalari e’lon qilindi. Unda aytilishicha, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi 2006—2012-yillarda Fransiyaning uch prezidenti — Jak Shirak, Nikolya Sarkozi va Fransua Olland, shuningdek ularning eng yaqin yordamchilarining telefon suhbatlarini eshitgan va elektron xatlarini o‘qigan.
Izoh (0)