Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ikki tomon uchun qulay vaqtda Yaponiyaga tashrif buyurish yuzasidan bergan taklifini tasdiqladi. Bu haqda 24-iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali so‘zlashuvda Abening o‘zi ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda “Vedomosti” Kreml matbuot xizmatiga tayanib.
Telefon orqali suhbatda Rossiya-Yaponiya munosabatlarining muhim mavzulari yuzasidan fikr almashilgan, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yo‘nalishlarda, shuningdek, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikdan ikki tomonning ham manfaatdorligi ta’kidlangan. Suhbat mavzularidan biri Ukrainadagi murakkab vaziyat bo‘lgan.
Izoh (0)