13-iyun kuni turmush qurgan Shvetsiya shahzodasi Karl Filipp va malika Sofiyaning Tinch okeani janubidagi Fiji Respublikasi tarkibiga kiruvchi yakka orolga qilgan to‘y sayohati uchun xarajatlar shaxsiy mablag‘lardan to‘langani ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Expressen gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Laukala orolida bir hafta dam olishning o‘zi kamida 300 ming krona (33 ming yevro) turadi. Orolga Red Bull asoschisi — avstriyalik Ditrix Mateshits egalik qiladi.To‘y sayohati xarajatlari manbasini e’lon qilgan Shvetsiya qirollik saroyi vakilasi Margareta Torgren yana bir marta shahzoda va malika asal oyi vaqtida ularni hech kim bezovta qilmasligini istashini ma’lum qilgan.
Izoh (0)