Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-son qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda ayrim imtiyozlarga ega.
Joriy yildagi qabul jarayonlariga bag‘ishlab, “Daryo” internet-nashri va “Xushnudbek.uz” saytlari hamkorlikda ishga tushirgan maxsus “Abituriyent—2015” loyihasi doirasida “Xushnudbek.uz” saytida e’lon qilingan mazkur maqolada shunday imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun tegishli ma’lumotlar berishga harakat qilamiz. Umid qilamizki, bu ma’lumotlar abituriyentlar uchun foydali bo‘ladi.
Barcha savollarga javoblar Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asoslangan holda berilgan.
Izoh (0)