Yopishib turuvchi tor jinsi shimlar kasallanishga olib kelishi mumkin, deb xabar beradi “RBK” BBC ma’lumotiga tayanib.
35 yoshli avstraliyalik ayol bilan yuz bergan hodisa yuqoridagi xulosaga kelishga sabab bo‘ldi. Ayol tor jinsida bir necha soat cho‘kkalab o‘tirib javondagi narsalarini tartibga keltirgan. Kechqurun ayol oyoqlarining uvushib qolganini his qilgan va zo‘rg‘a mustaqil harakatlana olgan. Tez orada avstraliyalik ayol yiqilib tushgan va bir necha soat davomida tura olmagan.
Ayol Adelaida Qirollik shifoxonasiga yotqizilgandan so‘ng, shifokorlar unda qattiq qisilganlik sindromining og‘ir shaklini qayd etdi. Ayolning boldiri shishib ketgan, qon aylanishi me’yorida bo‘lishiga qaramasdan, mushak va asablari shikastlangan edi. Zarur yordam ko‘rsatilgach, ayol to‘rt kundan keyingina mustaqil yura oldi.
Izoh (0)