Qohira yaqinida joylashgan Sakkaradagi qadimiy qabristondan sakkiz millionga yaqin itning mumiyosi topildi, deb xabar beradi “TASS” Egyptian Gazette ma’lumotiga tayanib.
Anubis xudosi ibodatxonasi yaqinidagi yer osti yo‘llarida itlar va ularning bolalari 2,5 ming yil avval ko‘mib yuborilgan. Qadimgi misrliklar Anubis xudosini o‘lganlarning rahnamosi deb hisoblab, unga sig‘ingan hamda hayvonlarni qurbonlik keltirgan.
Olimlarning aniqlashicha, bir necha kun yoki bir necha soat avval tug‘ilgan it bolalari mumiyolangan. Ularning skeletlariga qarab itlarga hech qanday shikast yetkazilmagani, ularning ochlik va suvsizlikdan o‘lganligini anglash mumkin.
Izoh (0)