Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Qrim yarimorolining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shib olinishini fojea deb atadi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Men buni juda yomon deb hisoblayman. Biroq bu Maydonning oqibatidir. Bu an’anaviy tarzda Rossiya tarafdori bo‘lgan Qrim aholisini qo‘rqitgan o‘sha radikal millatchilik harakatining oqibatidir”, — dedi Yanukovich. Uning fikricha, Qrimning Ukrainaga qaytarilishi ehtimoli yuqori emas.
Shuningdek, Ukraina sharqidagi harbiy mojaroni sobiq prezident mudhish voqea va Donbass aholisining genotsid qilinishi deb atagan. Yanukovichning so‘zlariga ko‘ra, qisman rossiyaparast ayirmachilar nazorati ostida bo‘lgan Donetsk va Lugansk viloyatlari Ukraina tarkibida qolishi lozim.
Avvalroq, Yanukovich o‘z hayotini qutqargani uchun Vladimir Putindan minnatdor ekanligi va Maydonning o‘qqa tutilishidagi javobgarligini inkor etmasligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)