Joriy yilning 20-iyun kuni Toshkentdagi Singapur boshqaruvni rivojlantirish institutida Magistratura kuni o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
Tadbirga tashrif buyurganlar talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quv jarayoni bilan tanishdilar.
Institutda OTM bitiruvchilari uchun Biznes boshqaruvi magistri (MBA) dasturi bo‘yicha “Marketing”, “Moliya” va “Xalqaro turizm va mehmonxona boshqaruvi” yo‘nalishlarida magistratura darajasi mavjud.
Biznes boshqaruvi magistri (MBA) dasturi bo‘yicha Xalqaro turizm yo‘nalishi O‘zbekistonda birinchi bor taklif qilinmoqda.
Izoh (0)