20-iyun, shanba kuni Saudiya Arabistonidagi “Ahror An Najran” siyosiy harbiy harakati qirollik janubidagi harbiy bazani qo‘lga oldi, deb xabar beradi “TASS” Fars agentligi ma’lumotiga tayanib.
“Ahror An Najran” muxolifat harakatining ta’kidlashicha, ular Saudiya Arabistoni janubidagi Najran viloyatiga qarashli El-Mashaliyada harbiy baza nazoratini o‘z qo‘liga oldi.
Shuningek tashkilot o‘z bo‘linmalari va Saudiya Arabistoni harbiylari o‘rtasida Kabash aholi punktida qonli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tganini ta’kidladi. Armiya bir necha kishisini yo‘qotdi.
Izoh (0)