Fransiya janubi-g‘arbida yengil motorli samolyot halokati natijasida ikki kishi vafot etdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Hodisa 20-iyun, shanba kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 11:30 da Pete-Pale-ye-Kornam shahrida sodir bo‘ldi. Samolyot uzatish tizimiga tegib ketdi va yalanglikka qulab tushib, yonib ketdi. Halokat joyidan ikki nafar kuyib ketgan jasad topildi, vafot etganlarning shaxsi aniqlanmoqda.
Hozirgi paytda hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Ob-havo uchish uchun qulay bo‘lganligi qayd etildi.
Izoh (0)