Rossiyaning Novosibirsk shahri yo‘l inspektori o‘z joniga qasd qilib, ko‘prikdan o‘zini Ob daryosiga tashlagan erkakning qo‘lidan tutib oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
18-iyun kuni YPX xodimi, politsiya kapitani Sergey Tretyakov patrullik xizmatini o‘tayotganida qarama-qarshi tomondan harakatlanayotgan mashina haydovchisi avtomobil inspektoriga ko‘prik to‘siqlari ortida turgan erkakka ishora qildi. Politsiyachi darhol erkakning oldiga bordi.
To‘siqni ushlab turgan 33 yoshli erkak yaqinlashmaslikni so‘radi. U to‘siqni qo‘yib yuborgan vaqtda Sergey Tretyakov uning bir qo‘lidan tutib olishga ulgurdi.
https://youtu.be/_g__ErC6KJA
Bir necha soniya o‘tgach politsiya kapitanining hamkasblari ham yordamga yetib keldi. Ular birgalikda erkakni chiqarib oldi. Shundan so‘ng ushbu hodisaga oydinlik kiritish maqsadida erkak politsiya bo‘limiga olib ketildi.
Izoh (0)