Rim papasi Fransisk odamzot xudbinligi sayyoradagi global isishga sabab bo‘lganini ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Yerdagi iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan murojaatnomada pontifik badavlat kishilarni o‘z hayot tarzini o‘zgartirishga chaqirdi, chunki, uning so‘zlariga ko‘ra, ularning beg‘amligi tufayli iqlim ortga qaytarib bo‘lmaydigan tarzda yomonlashmoqda, bundan esa birinchi navbatda kambag‘allar azob chekmoqda.
Fransisk aytishicha, vaziyatni o‘zgartirish uchun hali vaqt bor, biroq buning uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarur.
Izoh (0)