“Fuqarolik tashabbuslari qo‘mitasi” rahbari, sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin Rossiya prezidentligiga muddatidan avval saylovlar o‘tkazishni taklif qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida nutq so‘zlar ekan, Kudrin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevni namuna qilib keltirdi.
Kudrin so‘zlariga ko‘ra, muddatidan avvalgi saylovlar Nazarboyevga beshta islohotni amalga oshirish bo‘yicha “100 ta muayyan qadam” dasturini hayotga tezroq tatbiq etish imkonini berdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiyada parlament saylovlarini tezlashtirish imkoniyati muhokama qilinayotgan bo‘lsa, prezidentlik saylovlarini boshqa vaqtga ko‘chirish haqida ham o‘ylab ko‘rish mumkin.
Izoh (0)