Shvetsiya qirolining uchinchi nabirasi, malika Madlenning o‘g‘liga Nikolas Paul Gustav deb ism qo‘yishdi. Bu haqda 17-iyun, chorshanba kuni qirol Karl XVI Gustav qirollik saroyida bo‘lib o‘tgan maxsus marosimda e’lon qildi, deb yozadi “TASS”.
15-iyun kuni tug‘ilgan chaqaloq Ongermanland gersogi unvoniga ega bo‘ldi.
Qirolning nabirasiga Paul ikkinchi ismi otasi tomonidan bobosi — amerikalik moliyachi Kris O’Nill xotirasiga berilgan. Birinchi ismi — Nikolas esa shvetsiyaliklar uchun kutilmagan bo‘ldi.
Madlen — qirol Karl XVI Gustav va qirolicha Silviyaning kichik qizi. Uning bir qizi ham bor. Yangi tug‘ilgan chaqaloq Shvetsiya taxtiga oltinchi da’vogar bo‘ldi.
Izoh (0)