Shvetsiyadagi oltita diplomatik vakolatxonalarga bomba borligi haqida maktub kelib tushdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Maktublarning anonim mualliflari diplomatik vakolatxonalardan birida bir tonna portlovchi modda borligi haqida xabar qilgan.
“Biz tahdid xatlarini o‘rganib chiqyapmiz. Ayni vaqtda men yanada batafsilroq ma’lumotga ega emasman. Biz barcha elchixonalar bilan ishlashni boshlab yubordik”, — dedi Stokgolm politsiyasi vakili.
Ispaniyaning Shvetsiyadagi vakolatxonasi politsiya vakillari tomonidan itlar yordamida tekshirib chiqilgani va tekshiruvlar natijasida hech qanday portlovchi modda topilmagani xabar qilinmoqda.
Yana qaysi elchixonalar tahdid xatlarini olgani ma’lum qilinmayapti.
Izoh (0)